Koutino haqida barchasi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

Yaqinda “Barselona” yarimhimoyachisi Filipe Koutino kamida mavsum oxirigacha jamoada qolishi malum bo'ldi. Klub eng yuqori maoshlardan birini olayotgan braziliyalik bilan xayrlashmoqchi edi.
Biroq futbolchining ketishi ikki sababga ko'ra amalga oshmadi, deb xabar beradi “Fichajes” nashri. Birinchisi, Koutinoning o'zi kataloniyaliklar safida o'ynashni davom ettirish istagi. Ikkinchisi, “Nyukasl” bilan muzokaralardagi qiyinchiliklar. Tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini hal qila olmadilar, shu sabab muzokaralarni to'xtatdilar.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsumda Koutino barcha turnirlar doirasidada faqat bitta asist qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305