Saloh va “Barselona” erasi boshlanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

O'tgan hafta Ispaniya OAVlari “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Liverpul” etakchisi Muhammad Saloh atrofida Kataloniya klubining yangi tarixini qurmoqchi ekanligini e'lon qilib, futbol jamoatchiligini hayratda qoldirgandi.
Ma'lum bo'lishicha, ko'pchilikning shubhalariga qaramay, voqealarning bunday rivojlanishi haqiqatanga aylanishi mumkin. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Salohning o'zi ham xuddi shunday qadam tashlashga va kelasi yozda La ligaga o'tishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, misrlik “Liverpul”dan haftasiga 500 ming evro maosh talab qilgan. Mersisaydliklar esa bu summani bermoqchi emas. Shu sabab, yangi shartnoma borasida hali kelishuvga erishilmagan.

Bosh sahifaga
311