“Inter” sobiq futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

“Kalyari” himoyachisi Diego Godin faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi “Football Italia”.
Manbaning xabariga ko'ra, “Beshiktosh” 35 yoshli urugvaylik futbolchini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishga tayyor.
2021/22 yilgi mavsumda Godin “Kalyari” tarkibida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 2 million evroga baholamoqda.
Ma'lumot o'rnida, Godin oldin Madridning "Inter" klubi sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313