“Real” futbolchisi Benzemani “Oltin to'p” uchun asosiy favorit deb atadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

“Fiorentina”da ijara asosida o'ynayotgan “Real Madrid” himoyachisi Alvaro Odriosola “Oltin to'p” uchun madridliklar hujumchi Karim Benzemani loyiq deb aytdi.
“Benzema “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi”, - deydi Odriosola – Uning g'alabasi futbol uchun g'alaba bo'lardi. Qolaversa, Karim tajribali, doimo mehnat qilgan ajoyib futbolchi. Mening ovozim unga”, deya qo'shimcha qiladi Alvaro.
33 yoshli Benzema joriy mavsum “Real” safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p”ni taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316