Xabi Alonso top klubni boshqarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

Ispaniya terma jamoasi, “Real” va “Bavariya” klublarining sobiq futbolchisi Xabi Alonso kelajakda top-jamoani boshqarish niyati borligini malum qildi. Ayni damda mutaxassis “Real Sosedad”ning ikkinchi jamoasiga ustozlik qilmoqda.
“Menda top klublardan birini boshqarish istagi bor. Biroq, bu kelajakda sodir bo'ladi, hozircha shoshilganim yo'q. Ayni paytda baxtliman, hozirgi jamoamda hamma narsa menga mos keladi. Mening maqsadim - Segundadagi o'rnimni saqlab qolish”, - deb ftkr bildiradi Alonso.
Eslatib o'tamiz, Alonso futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan edi. U 2019 yildan beri “Real Sosedad”ning ikkinchi jamoasini boshqarib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305