KONMEBOL Argentina - Braziliya o'yinini boshqargan hakamni qo'pol xato uchun futboldan chetlatdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan Argentina — Braziliya uchrashuvini (0:0) boshqargan hakamni diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Uchrashuv 17 noyabr kuni San-Xuan shahridagi «Del Bisentenario» stadionida o'tkazildi. Birinchi taymning so'nggi daqiqalarida hakam qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Argentinalik himoyachi Nikolas Otamendi tirsagi bilan raqib yarim himoyachisi Rafinyaning yuziga tirsak bilan urib, labini qonatgani uchun fol qayd etmadi. Vaholanki, o'sha vaziyat uchun Otamendini maydondan chetlatib, jarima zarbasi belgilashi kerak edi.
Ushbu xato uchun bosh hakam Andres Kunya va videoassistent Esteban Ostoxich noma'lum muddatga futboldan chetlashtirildi.
Eslatib o'tamiz, Argentina va Braziliya terma jamoalari muddatida avval JCh-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lishdi.

Bosh sahifaga
306