Manba: Pogba bu yil boshqa maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Manchester Yunayted"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba bu yil boshqa maydonga qaytmaydi.
U Frantsiya terma jamoasi mashg'ulotida o'ng oyoq son qismidan olgan jarohati tufayli kamida 6 haftani lazaretda o'tkazadi, deya xabar berdi "AS" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, Pogba tiklanish jarayonini Frantsiya yoki Angliyada o'tamaydi. U individual murabbiy bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarida jarohatini davolaydi.
Joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 9 uchrashuvida maydonga tushgan Pol, 7 golga assistentlikni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312