“Yuve” etakchisi yozgacha jamoadan ketmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

So'nggi paytlarda Matteys de Ligtning “Yuventus”dagi pozitsiyasi tobora ko'proq muhokama qilinmoqda. Ko'pgina omillar shuni ko'rsatadiki, futbolchi yaqin kelajakda klubni tark etishi mumkin.
Biroq, bu joriy mavsum oxirigacha amalga oshmaydi. Bu haqda gollandiyalikning agenti Mino Rayola jurnalist Fabritsio Romano bilan suhbatda ma'lum qildi.
«Endi De Lixtning ketishi muhokama qilinmaydi. Hozir noyabr,biz esa mayni kutamiz. O'sha paytda buni muhokama qilish mumkin”, dedi Rayola.
Ma'lumot o'rnida, avvalroq, Londonning “Chelsi” klubi niderlandiyalik himoyachining transferini yanvar oyidayoq amalga oshirishni maqsad qilganligi aytilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313