“Inter”ning ikki etakchisi “Nyukasl” “radari”ga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Saudiya Arabistoni investorlari qo'liga o'tgan “Nyukasl” Evropa bozoridagi transfer borasidagi qarorni qabul qildi.
“The Times” nashri xabariga ko'ra, “qarg'alar” qiziqishlari doirasida Milanning “Inter” klubining ikki futbolchisi - himoyachi Stefan de Vrey va yarimhimoyachi Martselo Brozovich tushgan. Bundan tashqari, ingliz klubi Rimning “Latsio” klubi darvozaboni Tomas Strakoshani ham kuzatib bormoqda.
“Nyukasl” ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, yaqinda Eddi Xou jamoa bosh murabbiyiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305