Shveytsariya va uning darvozabonidan rekordlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Shveytsariya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichida 8ta o'yinda ishtirok etib, o'z darvozasidan atigi 2ta gol o'tkazib yubordi. Bu orqali milliy jamoa jahon chempionatlari saralash bosqichlaridagi o'z rekordini yangiladi.
Shveytsariya darvozaboni Yann Zommer bu o'yinlarda o'z darvozasi tomon berilgan zarbalarning 87 foizini qaytargan. Bu esa Evropa mintaqasidagi JCh saralash bosqichida ishtirok etgan darvozabonlar ichida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Shveytsariya terma jamoasi "C" guruhida 18 ochko bilan Italiyani ortda qoldirgan holda Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313