Grizmann Chempionlar ligasining 2ta o'yiniga chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

UEFA "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni Evropa chempionlar ligasining 2ta o'yiniga diskvalifikatsiya qildi. Shu tariqa, u "Milan"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.
Frantsiyalik futbolchi "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (2:3) Roberto Firminoga nisbatan ishlatgan qo'pollik uchun maydondan chetlatilgandi. Antuan bitta o'yinni o'tkazib yubordi. Shu bois, diskvalifikatsiyani o'tashi kerak bo'lgan bitta bahs qoldi.
Grizmann Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 12ta o'yinda ishtirok etib, 2ta gol urdi. U Chempionlar ligasida 3ta o'yinda 3ta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348