"Yuventus" futbolchisi Rayola hizmatlaridan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Yuventus" hujumchisi Federiko Bernardeski agenti Mino Rayola bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda italiyalik jurnalisti Romeo Argesti o'z "Twitter" sahifasida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, futbolchi boshqa bir futbol agenti Federiko Pastorello bilan ishlaydi. Ushbu mutaxassis hozirda "Yuventus"ning braziliyalik yarim himoyachisi Arturning ham agenti hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Bernardeskining "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. Joriy mavsum italiyalik 27 yoshli hujumchi 12 o'yinda maydonga tushib, 2ta golga assistentlikni amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321