"Yuventus" Argentinadan futbolchi olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Yuventus" "River Pleyt" hujumchisi Julian Alvaresga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Goal" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, klublar allaqachon dastlabki muzokaralarni o'tkazgan, italyan klubi 21 yoshli argentinalik uchun 15 million evro to'lashga tayyor va kelishuvga 10 million evro miqdoridagi bonus pullari ham kiritilgan. Shu bilan birga, Argentina klubi futbolchini 20 million evrodan kam summaga qo'yib yubormoqchi emas.
Butun faoliyati davomida Alvares "River Pleyt" uchun 90ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 23 golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt.com" portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343