Vidal «karate» uchun uzr so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal JCh-2022 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Ekvadorga qarshi o'yinda jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi.
«Inter» futbolchisi bahsning 13-daqiqasida oyog'ini baland ko'tarib, raqib himoyachisi Feliks Torresning yuziga tepgani uchun maydondan chetlatildi. Chililik futbolchi mazkur o'yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Hamon ishona olmayapman. Jamoadoshlarim, murabbiylar shtabi, oilam va butun mamlakat oldida uzr so'ramoqchiman. Biz oxirigacha kurashamiz!» — deya yozdi Vidal instagram orqali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348