Rayola De Ligtning kelajagi borasida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Niderlandiyalik “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtning agenti Mino Rayola yosh himoyachining kelajagi haqida gapirdi.
"U jamoadan ketadimi? Buni may oyida muhokama qilishimiz kerak, ayni damda esa noyabr. Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas", - dedi italiyalik agent.
Avvalroq, Rayola de Ligtning "Manchester Siti", "Chelsi" va "Barselona"ga transferi bo'yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, «Yuventus» futbolchini 150 million evroga sotishi ma'lum qilingandi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361