Goal.com 2021 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

«PSJ» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi GOAL50 sovrini sohibiga aylandi.
Goal.com portali versiyasiga ko'ra, «Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu ikkinchi pog'onani band etgan bo'lsa, «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski kuchli uchlikka kirdi.
Shuningdek, kuchli o'nlikdan Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»), Kilian Mbappe (Frantsiya, «PSJ»), Erling Xoland (Norvegiya, «Borussiya» Dortmund), Karim Benzema (Frantsiya, «Real»), N’Golo Kante (Frantsiya, «Chelsi»), Kevin De Breyne (Belgiya, «Manchester Siti») va Neymar (Braziliya, «PSJ») o'rin olishdi.
Goal.com saytida o'tkazilgan so'rovnomada 14 mln.dan ortiq inson qatnashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376