Ajoyibu g'aroyib Afrika
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Afrika qit'asida ham JCh-2022 saralash bosqichi doirasida uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Bu bahslar va ularning atroflarida g'alati ishlar bo'lmoqda.
— JCh saralash bahslari Afrikada o'ziga xos tarzda o'tmoqda. Yaqinda Kongo jamoasi o'yinda o'zgarish qilish tartibida adashganini bildingiz. Lekin bu voqea boshqalari oldida hech narsa emas.
— Jazoir terma jamoasi Burkina-Fasoni sehrgarlar xizmatidan foydalanganlikda aybladi. Bunga javoban ular boshqa “mutaxassis” yollab, sehr-joduni echish ishlarini amalga oshiribdi.
— Tanzaniya o'yin o'tkazish uchun Madagaskarga borgan. Yarim kechasi Tanzaniya yotgan otelga harbiylar bostirib kirib, tintuv o'tkazgan. Sababi - otel mijozlaridan birida shubhali kovid testlari bo'lgani aniqlangan.
— Angola bilan o'yinda Misr yulduzi Muhammad Salohni muxlislar tinch qo'yishmagandi. Natijada Saloh tansoqchilar xizmatiga murojaat qilgan. Endi uni kiyim almashtirish xonasida, mashg'ulotda, o'yindan keyin ikkita soqchi qo'riqlab yuribdi.


Bosh sahifaga
454