"Everton"ga "Arsenal" himoyachisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Londonning "Arsenal" jamoasi himoyachisi Kalum Chembers faoliyatini APLning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.
"The Sun" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, himoyachiga "Everton" qiziqish bildirmoqda va qishki transfer oynasida uni sotib olishga tayyor. "Kanonirlar" ustozi Mikel Arteta Chembersga o'yin amaliyoti kerakligini biladi, ammo u o'yinchi bilan xayrlashishni istamaydi.
"To'pchilar" 5 million funt sterling evaziga Chembersni qo'yib yuborishga tayyor. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Premer-liganing joriy mavsumida Kalum 2ta o'yin o'tkazib, samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
472