Fabritsio Romano «Barselona»ning yanvar oyi uchun transfer maqsadlarini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307

Taniqli futbol eksperti Fabritsio Romano «Barselona»ning yanvar oyi uchun transfer maqsadlarini ma'lum qildi.
Ferran Torres
«Barselona» yanvar oyida Ferran Torresni qo'lga kirita olmaydi. Ushbu futbolchi Pep Gvardiolaga kerak va «Manchester Siti» uni sotmaydi.
Rahim Sterling
«Manchester Siti» hamon Sterlingga ishonadi va uni 60 million evrodan kamiga sotmaydi. Angliyalik futbolchining shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
«Barselona» uni ijaraga olishga urinib ko'rishi mumkin. Uning yanvar oyida «Barselona»ga o'tish ehtimoli yuqori emas.
Dani Olmo
«Barselona»ga Olmo kerak, ammo qishda uni qo'lga kiritish qiyin bo'ladi.
Bundan tashqari, «Barselona» Karim Adeyemi, Kristian Pulishich va Sezar Aspilikuetaga qiziqish bildirayotgani haqida to'xtalib o'tdi.

Bosh sahifaga
237