Florentino Peres «PSJ» tomon tosh otdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

"Real" prezidenti Florentino Peres egasi butun boshli davlat bo'lgan klublarning ("PSJ", "Manchester Siti", "Nyukasl" — stadion.uz izohi) moliyaviy siyosatini tanqid ostiga oldi.
"Biz shartnoma bandlariga amal qilishimiz kerak. Biz jamoaga eng yaxshi o'yinchilarini taklif etishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pul to'lashimiz kerak.
Sen 200 million evro taklif qilasan, ammo ular futbolchini sotishdan bosh tortishadi. Ular uchun shartnomaning muddati yakuniga etgani yaxshiroq. Davlatlar tomonidan boshqarilayotgan klublar qilayotgan ish — ayni paytda aqlsizlik. Ular o'yinchilarni shunchaki sotishni istashmayapti.
Men bunga qarshi kurashaman. Chunki klublarni boshqarish — bu eng muhimi. Bu puldan ham muhimroq. Hali shunday payt keladiki, butun davlatlar Evropaning eng yaxshi 30 klubiga egalik qiladi. Bu esa Evropa hamjamiyati tamoyillariga zid hisoblanadi.
Men bunga qarshi kurashishga ahd qildim. Klub boshqaruviga kelganimdan buyon bunga qarshi kurashib kelyapman", – dedi Peres.

Bosh sahifaga
259