Grizmann Frantsiya terma jamoasida ajoyib natija qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Frantsiya terma jamoasi 16 noyabr kuni JCh-2022 saralash bosqiqich doirasida Finlyandiyaga qarshi maydonga tushadi. Frantsuzlar avvalgi turda Qozog'iston ustidan 8:0 hisobida g'alaba qozonishgach, Qatar-2022 yo'llanmasini naqd qilib bo'lishdi.
Shu bois, terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham bugungi bahsda ikkinchi tarkibni sinovdan o'tkazishi mumkin. Agar Antuan Grizmannga ham dam berilsa, uning to'rt yarim yildan beri davom etib kelayotgan seriyasi uzilib qolishi mumkin.
Antuan 2017 yilning iyun oyidan buyon Frantsiya milliy jamoasining barcha o'yinlarida ishtirok etib kelmoqda. WhoScored tarqatgan xabarga ko'ra, Grizmann ketma-ket 58ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237