Dostonbek Tursunov Rimdagi “Villa Stuart” klinikasida jarrohlik amaliyotini o'taydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasining Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida futbolchimiz Dostonbek Tursunov jarohat olgan edi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jarrohlik amaliyoti talab etilishi ma'lum bo'ldi.
O'FA tomonidan futbolchimizning tezroq sog'ayib, safga qo'shilishi uchun barcha sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Dostonbek Tursunovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Marianini jalb etildi.
Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimga, “Villa Stuart” klinikasiga yo'l oladi va u erda 22-noyabr kuni professor Mariani tomonidan operatsiya qilinadi.
Manba: Telegram.me/FAUzbekistanFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248