"Yuventus" futbolchisining "Latsio"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Yuventus" vingeri Federiko Bernardeski Italiya chempionatining 13-turidan o'rin olgan "Latsio"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi mumkin.
"Sport Italia" nashri xabariga ko'ra, futbolchi Italiya terma jamoasining Shimoliy Irlandiyaga qarshi kechgan o'yinida (0:0) jarohat olgan.
Futbolchi Turinga qaytib kelgach qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan o'tadi. Shundan so'ng uni tiklanish vaqti ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Latsio" – "Yuventus" uchrashuvi 20 noyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237