Pioli yangi shartnomasida yiliga qancha ishlab topishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Milan" jamoasi bosh murabbiyi Stefano Pioli bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi, deya xabar beradi "Calciomercato" nashri.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, shartnoma Milan klubi ijrochi direktori Ivan Gazidis ish safaridan qaytganidan so'ng imzolanadi.
Yangi kelishuv 2024 yilgacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Unga ko'ra, murabbiyning maoshi yiliga 3,5 million evro va qo'shimcha bonuslar bo'ladi.
Piolining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Italiya chempionatining 12-turidan keyin “Milan” 32 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246