Vieyra APLda qora tanli murabbiylar yo'qligi haqidda gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Yaqinda “Kristal Pelas”da murabbiy sifatida ish boshlagan Patrik Vieyra Angliya Premer-ligasida qora tanli murabbiylar juda kamligiga e'tibor qaratdi. Qolaversa, frantsiyalik mutaxassis ushbu tendentsiyadan xavotir bildirdi.
“Nega bunday bo'layotganini tushuna olmayapman. Boshqa odamlardan farqimiz yo'q, bizda ham ma'lum bir tajriba, futbolga muhabbat, ish odob-axloqi bor. Agar men bunga ta'sir qilish imkoniga ega bo'lsam, men kerak bo'lgan hamma narsani qilaman”, - deydi Vieira.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi bir necha bor turli aktsiyalarda ishtirok etgan va u erda irqiy kamsitishlarga qarshi chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248