“Arsenal” va “Yuventus” o'zaro futbolchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Turinning “Yuventus” klubining shvetsiyalik vingeri Deyan Kulushevski transfer mavsumida Tumanli Albionga o'tishi mumkin. “Calciomercato” nashri xabariga ko'ra, Londonning “Arsenal” klubi “keksa sinora” futbolchisi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
“Kanonirlar” rahbariyati yarimhimoyachining to'liq transferini amalga oshira olmaydi va shu sababli turinliklarga almashishni taklif qilmoqda. Italiya grandi Kulushevski o'rniga ivuarlik vinger Nikolas Pepeni olishi mumkin. Avvalroq londonliklar afrikalikni sotishga tayyor ekanliklarini aytishgandi.
Deyan 2020 yilning yanvar oyidan beri Italiya grandining sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Bosh sahifaga
249