Jerrard sobiq jamoasidan ikkita futbolchi xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard qishda sobiq klubi "Reynjers" futbolchilarini sotib olishni ko'zlamoqda. Xabarlarga ko'ra, shotlandiyalik Natan Patterson hamda finlyandiyalik Glen Kamara ingliz mutaxassisining yanvar oyidagi asosiy nishonlari sanaladi.
Jerrard rahbariyatdan ushbu futbolchilar transferini so'rab olmoqchi. Negaki, har ikki o'yinchining potentsiali unga ayon.
Avvalroq "Aston Villa" "Reynjers"ning yana bir futbolchisi Rayan Kentga qiziqayotgani haqida xabar qilingan edi, biroq Shotlandiya chempioni asosiy tarkib futbolchisini sotish niyati yo'qligini bildirgan.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249