Terri Anri “Oltin to'p-2021” favoritlari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Frantsiyalik afsonaviy hujumchi Terri Anri bu yilgi “Oltin to'p” favoritlari haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi. Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi ikki hamyurtini alohida ta'kidladi.
“Men mukofot Kante yoki Benzemaga berilishini istayman. O'tgan yili Levandovski “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan edi, bu haqda hatto muhokama ham yo'q. Da'vogarlar qatorida Jorjinoni ham e'tirof etish mumkin. U Italiya terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo'ldi. Lionel Messini ham unutmang”, - deydi Terri.
Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p”ni taqdirlash marosimi 29 noyabr, dushanba kuniga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249