Toshkent qilichbozlik bo'yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

20-21 noyabr kunlari Toshkentda qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bo'lib o'tadi. Unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi.
Reglamentga ko'ra, dastlabki kunda yakkalik, ikkinchi kunda jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Bellashuvlar qizlar o'rtasida tashkil etiladi. Hozirgi kunga kelib, Rossiya, Polsha, Bolgariya, Qozog'iston, Misr, Ukraina, Ozarbayjon, Belarus mamlakatlari o'z sportchilarini ro'yxatdan o'tkazgan.
Qayd etish joiz, hamyurtimiz Zaynab Dayibekova ushbu yo'nalishda 2019 yilgi g'olib hisoblanadi. Bo'lajak musobaqada o'z unvonini himoya qiladigan sportchimizga omad tilab qolamiz.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249