“Lill” Mourino qiziqish bildirgan futbolchiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

“Lill” himoyachisi Sven Botman faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, futbolchi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning qiziqish doirasiga tushib qolgan.
Ta'kidlanishicha, frantsuz klubi o'z futbolchisini qo'yib yuborishga qarshi emaslar, ammo u uchun 30 million evro so'rashmoqda. Bu miqdor Rim jamoasiga mos kelmyapti.
Agar narxni tushirib bo'lmasa, “bo'rilar” “Feyenoord” himoyachisi Markos Senesi yoki “Galatasaroy” himoyachisi Marao Teysheyrani sotib olishga harakat qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211