Keyn Angliya terma jamoasining 113 yil avvalgi rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Angliya terma jamoasi 15 noyabr kuni JCh-2022 saralash bosqichi doirasida San-Marinoga qarshi maydonga tushib, 10:0 hisobida g'alaba qozondi.
Inglizlar hujumchisi Xarri Keyn "poker"ga erishdi. "Tottenxem" forvardining 2021 yilda Milliy jamoa safida urgan gollari soni 16taga etdi. Shu tariqa, u Angliya terma jamoasi safida bir kalendar yilida urilgan gollar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.
Shu paytgacha rekord Jorj Xilsdonga tegishli bo'lib, u 1908 yilda 12ta gol muallifiga aylangan. 1927 yilda esa Diksi Din ushbu natijani takrorlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
148