Serbiya terma jamoasi futbolchilari JCh-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritgani uchun qancha mukofot puli olishadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Serbiya terma jamoasi futbolchilariga beriladigan mukofot pullari miqdori ma'lum bo'ldi.
"Blick" nashri xabariga ko'ra, serbiyalik futbolchilarning har biri JCh-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritgani uchun 1 million evrodan mukofot puli olishadi. Bu sovg'ani shaxsan mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich terma a'zolariga topshiradi.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya – Serbiya bahsining (1:2) 90-daqiqasida Aleksandr Mitrovich tomonidan kiritilgan gol o'yindagi mehmonlarning g'alabasini ta'minladi. Bu natija bilan serblar o'z guruhida Portugaliyani ortda qoldirib jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250