"Real Madrid" Torres uchun kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Ispaniyaning "El Nacional" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Madridning "Real" jamoasi "Vilyarreal" himoyachisi Pak Torres uchun kurashdan chiqdi. "Qirollik klubi" futbolchi uchun "sariq suvosti kemasi" so'ragan mablag'ni to'lamoqchi emas.
Xabarlarga ko'ra, "Vilyarreal" Torres uchun 65 million evro miqdorda tovon puli so'ragan. Florentino Peres esa bunday katta mablag' evaziga himoyachi sotib olish niyati yo'q. Endi ispaniyalik futbolchi uchun yagona da'vogar Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi bo'lib qolmoqda.
Joriy mavsum 24 yoshli markaziy himoyachi ispan klubi safida barcha turnirlarda 14 o'yin o'tkazib, 1ta gol urdi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257