«Barselona» Sterlingdan kamroq maoshga rozi bo'lishni so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

"Barselona" klubi yangi bosh murabbiyi Xavi qishki transfer paytida "Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterlingni qo'lga kiritishni istamoqda. Ushbu transferni amalga oshirishdagi eng asosiy muammo — klubning moliyaviy imkoniyati.
Xususan, Transfermarkt angliyalik futbolchini 90 million evroga baholagan bo'lib, "shaharliklar" ham kamroq summaga rozi bo'lishmaydi. "Barsa" hisobida qishki transferlar uchun bor-yo'g'i 10 million evro pul mavjud. Shu bois, kataloniyaliklar Rahimni ijaraga olishga urinib ko'rishadi.
Hozirda Sterlingning "Siti"dagi yillik maoshi 18 million evroga teng. Uning yarim mavsum uchun maoshi 9 million evroga teng bo'ladi. Bunday holatda jamoa hisobida boshqa transferlar uchun pul qolmaydi. Shuning uchun "ko'k-anorranglilar" Rahim Sterling kamroq maoshiga rozi bo'lishiga umid qilmoqda.
O'z navbatida kelasi oyda 27 yoshga to'ladigan futbolchi "Siti" safida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani uchun boshqa jamoaga o'tishni ko'zlamoqda. Bu borada Xavi jamoasiga o'tish Rahim uchun yaxshi variant bo'lishi mumkin.

Bosh sahifaga
261