"Barselona" "Chelsi" sardorini jamoaga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Ispaniyaning "Barselona" jamoasi "Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Ko'k-anorranglilar" London klubi bilan hali shartnomasini uzaytirmagan futbolchini o'z safiga taklif qilishga tayyor, deya xabar bergan "ESPN" nashri.
32 yoshli ispaniyalikning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Eslatib o'tamiz, Aspilikueta 2012 yilda "Marsel" safidan "Chelsi"ga ko'chib o'tgan edi. London klubidagi o'yinlari davomida o'ng qanot himoyachisi ikki marta Angliya chempioni, mamlakat kubogi, liga kubogi va superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasi va ikki marta Evropa Ligasi sohibi bo'lgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180