"Barselona" yana bir PSJ futbolchisini jamoaga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 286

Ispaniyaning "Barselona" jamoasi PSJga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Xavi Simonsni klubga qaytarish haqida o'ylamoqda.
"Cadena SER" nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 18 yoshli futbolchining parijliklar bilan 2022 yilning iyunida tugaydigan kelishuvini yangilamasligiga umid qilmoqda, bu esa u bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolash imkonini beradi.
Niderlandiyalik yarim himoyachining agenti Mino Rayola tahminiy kelishuv bo'yicha "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta bilan aloqaga chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Xavi "Barsa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yilning yozida u PSJ safiga ko'chib o'tgan edi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175