O'zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12566
Bugun O'zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentdagi "Chig'atoy" sport majmuasida yig'in boshladi.
Yig'in davomida Otabek G'ulomxo'jaev terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazib oladi.
O'quv-mashg'ulot yig'ini davomida bir qator nazorat o'yinlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.
Jumladan, O'zbekiston U-18 terma jamoasi yig'in doirasida "Lokomotiv" U-21, "Bunyodkor" klubi, shuningdek, Pro-liga vakillari "Yangier" va "Rubin"ga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazishi belgilab qo'yilgan. Yig'in 28 mart kuniga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!