Argentinalik Messining izdoshi bu mavsumda Evropaga tashrif buyurmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

"River Pleyt" klubi o'z hujumchisi Xulian Alvaresni sotish niyatida yo'q. Bu haqida klub rahbari Xorxe Brito ma'lum qildi:
"Biz futbolchining vakillari bilan muzokara o'tkazmoqdamiz. Tez orada kelishuvga erishiladi va Xulian shu erda qoladi. U hali yosh. Shu sababdan hali o'sadi. Butun dunyo u haqida gapirmoqda va keyingi yili Jahon chempionati bo'ladi. Menimcha, u bilan xayrlashishga hali erta. Uning vaqti hali kelmagan".
21 yoshli hujumchi amaldagi jamoasi bilan 2022 yilning dekabriga qadar shartnoma tuzgan. Unga "Aston Villa", "Milan" hamda "Atletiko"dan jiddiy qiziqish bildirgan.
Alvares bu masvumda "River Pleyt" safida 16ta uchrashuvda 15ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgan edi.
Manba: caughtofffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
429