«Bunyodkor»dan 9 nafar futbolchi O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga chaqirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2903
Osiyo chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugundan poytaxtimizda navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi.
Bosh murabbiy Otabek G'ulomxo'jaev 27 martga qadar davom etadigan yig'inga to'qqiz nafar “Bunyodkor” futbolchilarini taklif qildi.
Bular – Diyorbek Rahimqulov, Ibrohim Ibrohimov, Muzaffar Olimjonov, Jasur Jaloliddinov, Jasur Xoldorov, M.Qodirov, Bo'ronbek Mirzasalimov, O.Jo'raqo'ziev va X.Ubaydullaev.
Shuningdek, “Bunyodkor” akademiyasidagi faoliyat yuritadigan murabbiy Doniyor Usmonov va shifokor Abdulla Rizboev ham terma jamoa yig'iniga taklif olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!