Ruminiyalik futbolchi Evropa rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Ruminiyalik yosh yarim himoyachi Enes Sali JCh-2022 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Lixtenshteynga qarshi o'yinda (2:0) terma jamoa safida debyut qildi.
Futbolchi bahsning 82-daqiqasida maydonga tushirildi. Kecha u 15 yoshu 264 kunlik edi. Sali Evropa terma jamoalarida rasmiy o'yinda debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Shu paytgacha rekord Martin Edegorga tegishli bo'lib, u Norvegiya terma jamoasida debyut qilganida 15 yoshu 300 kunlik bo'lgandi.
Agar norasmiy o'yinlarni ham qo'shib hisoblasak, Edegorning debyuti Saliga nisbatan ertaroq bo'lgan. 2014 yilning avgust oyida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bo'lib o'tgan bahsda norvegiyalik o'yinchi 15 yoshu 254 kunlik edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215