«Real» va «PSJ» yozda «Milan» futbolchisi uchun kurash olib borishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

«Milan» yarim himoyachisi Frank Kessie jamoani tark etishi mumkin.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosining "rossoneri" bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi. Tomonlar hozircha kelishuvni uzaytirish borasida muammolarga duch kelishmoqda.
"As" tarqatgan xabarga ko'ra, Kessie katta maosh talab qilayotgani uchun yangi shartnoma imzolashning deyarli imkoni yo'q. Vaziyatni «Real» diqqat bilan kuzatmoqda. Ammo madridliklar Frank uchun kurashda «PSJ» bilan raqobatlashishlariga to'g'ri keladi.
24 yoshli futbolchi joriy mavsumda A seriya doirasida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219