"Lids" "Arsenal" hujumchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

"Lids" qishda "Arsenal" tarbiyalanuvchisi uchun taklif yuboradi. "Tuttomercato" nashriga ko'ra, "Lids Yunayted" rahbari Viktor Orta "Arsenal" bilan Eddi Nketia transferi borasida aloqaga chiqqan.
Xabarda yanvar oyida "oqlar" hujumchini sotib olishi aytilgan. Nketia mahoratidan "Lids" vakillari xabardor. Negaki, u ijara asosida ushbu klubda 19ta o'yinda ishtirok etgan. Nketia bu mavsumda to'pchilar safida atigi bir marta maydonga tushirilgan, xolos.
Ingliz hujumchisi "Arsenal"da Obameyang hamda Lyakazettdan keyingi uchinchi tanlov futbolchisi hisoblanadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220