Angliyada futbolchi o'yin paytida o'chib qolgan projektorni sozladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Angliya kubogining 1/128 final bosqichidan o'rin olgan "Marin" va "Danston" klublari o'rtasidagi o'yin paytida stadionda chiroq o'chib qoldi.
Mehmon jamoa futbolchilaridan biri Fil Ternbull kasbi bo'yicha elektrik ekan. Shu bois, stadion xodimlariga yordam berish maqsadida elektr jihozlari oldiga bordi.
Bir necha daqiqa ichida muammo bartaraf etildi va o'yin davom ettirildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida "Marin" g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215