Sambochilarimiz jahon chempionatini 11ta medal bilan yakunlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

12-14 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod sport majmuasi”da o'tkazilgan sambo bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi. Musobaqada ishtirok etgan o'zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo'lga kiritishdi. Terma jamoamiz a'zolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-58 kg: Bahodir Bakiev (jangovar sambo)
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov
-98 kg: Nodirjon Mirxalikov
Kumush:
-79 kg: Ulug'bek Rahmonov
-64 kg: Oybek Soliev (jangovar sambo)
-50 kg: Sabina Davlatova
-79 kg: Furqat Ro'ziev (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)
Bronza:
-59 kg: Ibodatxon Agojonova
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)
-71 kg: Istam Qudratov
Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunlashdi. Birinchi o'rinni Rossiya vakillari egallashgan bo'lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashdi.
Qayd etish joiz, o'tgan oy o'smirlar va yoshlar jamoamiz Gretsiyaning Saloniki shahrida o'tgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lgan edi. Bugun kattalar jamoamiz ham ana shunday yuksak natijani qayd etishdi.
Manba: Olympic.uz
Bosh sahifaga
230