«Betis» «Bavariya» yarim himoyachisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Myunxenning «Bavariya» klubining ispaniyalik yarim himoyachisi Mark Rokaga «Betis» qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Diario de Sevilla nashri.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchini Andalusiya klubi ustozi Manuel Pellegrini shaxsan o'zi qo'lga kiritmoqchi.
Qayd etilishicha, transfer yanvar oyidagi transfer oynasidayoq ijara shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Roka 2020 yilda «Bavariya»ga «Espanol»dan 9 million evro evaziga o'tgan edi.
Ispaniyalik futbolchining «Bavariya» bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230