Benzema Trezegedan o'zib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan Qozog'istonga qarshi o'yinda (8:0) ikkita gol muallifiga aylandi.
"Real" forvardining milliy jamoa safidagi gollari soni 35taga etdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u David Trezegedan (34) o'tib ketdi. Karim bu borada Frantsiya terma jamoasi tarixidagi to'purarlar ro'yxatida beshinchi o'ringa ko'tarildi.
To'purarlar poygasida Terri Anri etakchi bo'lib turibdi - 51 gol. Ikkinchi pog'onani Olive Jiru (46) egallab turgan bo'lsa, Antuan Grizmann (42) va Mishel Platini (41) kuchli beshlikka kirishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
285