U-23 Osiyo chempionati saralash bahslariga akkreditatsiya jarayoni boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2563

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi bo'lib o'tadi.
Shu munosabat bilan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur musobaqaga akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi. U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarini yoritib borish istagidagi OAV vakillari 20 mart sanasiga qadar [email protected] elektron pochtasiga xodimlari ro'yxatini yuborishlari talab etiladi.
Ta'kidlab o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi mazkur musobaqa doirasida Tojikiston hamda Hindiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. O'yinlar “Paxtakor” stadionida tashkil etiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254