Kevin De Bryoyne: "Menimcha, bu yomon g'oya emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Manchester Siti" futbolchisi Kevin De Bryoyne Jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi. U bu haqda shunday deydi:
"Mavsum boshida men FIFA hamda Arsen Venger bilan ushbu fikr yuzasidan uchrashuv o'tkazgan edim. Bunday rejani amalga oshirish uchun dunyoning barcha futbol tashkilotlari hamjihatlik bilan harakat qilishi kerak. Bunda hamma birga ishlashi lozim. Menimcha, bu g'oya yomon emas. Bu uchun oldin aytganimdek, hamjihatlik kerak bo'ladi".
Eslatib o'tamiz, ushbu g'oyani APL rasman inkor qilgan. Evropadagi qolgan futbol tashkilotlari ham bunga qarshi chiqishi kutilmoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221