Dani Alves Braziliya terma jamoasi bilan JCh-2022 da ishtirok etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Barselona" himoyachisi Dani Alves JCh-2022 uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin, deya xabar beradi "UOL Esporte" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyaliklar ustozi Tite Alves va "Korintians" yarim himoyachisi, 33 yoshli Renato Augusto nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Mutaxassisning fikricha, tajribali futbolchilar jamoaning o'yin uslubiga mos kelishi mumkin.
38 yoshli himoyachining so'nggi klubi "San-Paulu" bo'lib, u sentyabr oyida maoshlardan qarzdorlik tufayli jamoani tark etgandi. U "Barselona" bilan shartnoma imzoladi va yanvar oyidan boshlab o'yinlarda ishtirok etishi mumkin.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221