La liga prezidenti: «Fati Mbappedan kuchliroq»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

La liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" hujumchisi Ansu Fati va "PSJ" forvardi Kilian Mbappeni taqqosladi.
"Bizga Ispaniyadan tashqari ro'y berayotgan voqealarga o'zgacha tus berish yoqadi. Bizda esa Ansu Fati bor. U jarohatlarga yo'liqdi, ammo vaqt shuni ko'rsatdiki, u Kilian Mbappedan aslo kam emas, hattoki undan ustun", - dedi Tebas.
Eslatib o'tamiz, Fati og'ir jarohatdan so'ng safga qaytib, joriy mavsumda 8ta o'yinda ishtirok etib, 4ta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223